Angliya terma jamoasi deyarli bir asrlik antirekordni takrorladi

Aziz Tukhtamuradov
15 iyun 2022, 08:40
Angliya terma jamoasi o'z maydonida Britaniya tarkibida bo'lmagan mamlakat terma jamoasidan eng yirik mag'lubiyatni qabul qildi.

Garet Sautgeyt jamoasi Millatlar ligasi musobaqasining 4-turida o'z maydonida Vengriyaga 0:4 hisobida yutqazdi. 

Bu Angliya uchun 1928 yildan buyon o'z maydonida uchralgan eng yirik mag'lubiyat bo'ldi. O'shanda inglizlar Shotlandiyaga 1:5 hisobida yutqazishgandi. Britaniya tarkibida bo'lmagan terma jamoalarga xech qachon bunday yirik hisobda mag'lub bo'lishmagandi. 

Millatlar ligasining ushbu mavsumida Angliya hali g'alaba qozona olgani yo'q. Ortda qolgan 4 tur yakuniga ko'ra, inglizlar 2 ta durang va 2 ta mag'lubiyat qayd etishdi. To'plar nisbati - 1:6. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: OPTA