Angliya Liga kubogi. “Arsenal” qo'shimcha vaqtda g'alabani o'zi tomonga og'dirib oldi

25 okt 2017, 02:46
Angliya Liga kubogining 4-bosqichida “Arsenal” qiyinchilik bilan g'alaba qozondi.

“Norvich”ga qarshi kechgan bahsda Arsen Venger shogirdlari iroda kuchini namoyish etishdi. Uchrashuvning 34-daqiqasida mehmonlar Josh Myorfining golidan keyin oldingi chiqib olishdi. “Kanonirlar” bahs yakunlanishiga besh daqiqa qolganida 18 yoshli Edvard Nketianing aniq zarbasidan keyin muvozanatni tiklashdi. Liga kubogi reglamentiga muvofiq, g'olibni aniqlash uchun  qo'shimcha bo'limlar o'ynaladigan bo'ldi. 96-daqiqaa yana o'sha Nketia gol kiritib, “dubl”ga erishdi va “Arsenal”ni keyingi bosqichga chiqish masalasini hal etdi. 

Angliya liga kubogi.

4-bosqich.

Arsenal – Norvich 2:1 (0:1, 1:0, 1:0)

Gollar: 0:1 – 34 Merfi, 1:1 – 85 Nketia, 2:1 – 96 Nketia.

Arsenal – Meysi, El-Nenni, Xolding, Debyushi, Meytlend-Naylz (Akpom, 70), Uilsher (Uillok, 114), Ivobi (Dasilva, 105), Koklen, Uolkott, Jiru, Nelson (Nketia, 85).

Norvich –Gann, Cimmermann, Pintu, Xazbend, Kloze, Vranchich (Vildsxut, 90), Tribull, Rid (Djerom, 101), Meddison (Xulaxan, 90), Merfi (Shtipermann, 73), Oliveyra.

Ogohlantirish: El-Nenni (56), Koklen (68), Uilsher (78), Akpom (88), Tribull (89), Xazbend (90).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia