Angliya - Germaniya va Ukraina - Shvetsiya bahslariga hakamlar tayinlandi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021, 14:54
Evro-2020ning 1/8 finalidan o'rin olgan Angliya - Germaniya va Ukraina - Shvetsiya uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, Angliya - Germaniya bahsini niderlandiyalik Danni Makkeli boshqaradi. Unga qanotlarda Xessel Stegstra va Yan de Vris yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida Srjan Yovanovich ishlaydi. Referining videoyordamchisi – Pol van Bukel.

Ukraina – Shvetsiya uchrashuvini esa italiyalik Daniele Orsato boshqarib borsa, qanotlarda Alessandro Jallatini va Fabyano Preti ishlaydi. To'rtinchi referi – Davide Massa. Bosh hakam videoyordamchisi – Massimiliano Irrati.

Ikkala bahs ham 29 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com