Andrey Shevchenko Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2024, 23:25
Ukrainalik yashil maydon afsonasi Andrey Shevchenko mamlakat futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo'ldi.

Muassasa rasmiy saytining xabar berishicha, 47 yoshli mutaxassis ushbu lavozimga yagona nomzod bo'lgan.

Ovoz berish jarayonida faqat 93 kishi betaraf qolgan. Qolganlar esa Shevchenkoga ovoz berishdi.

Eslatib o'tamiz, Ukraina futbol assotsiatsiyasining avvalgi prezidenti hozirda tergov hibsxonasida saqlanayotgan Andrey Pavelko edi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Украина футбол ассоциацияси