

- Guruh biz kutgandek bo'ldi deya olaman. Qur'a natijalaridan ko'nglim to'ldi. O'tgan mavsum biz uchun omadli keldi. Osiyo chempionlar ligasida yaxshi o'yin ko'rsatdik. Mavsum so'nggida O'zbekiston Kubogi va chempionlikni qo'lga kiritdik. Keyingi mavsumda ham yaxshi natijalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
- Raqiblar haqida gapiradigan bo'lsam, “Al Ahli” boshqalardan kuchli ko'rinmoqda. Boshqa klublarning hozirgi holati qandayligini guruh bosqichi boshlangunga qadar o'rganib chiqamiz. Biz raqiblardan qo'rqmaymiz. Ular bizdan qo'rqsin, - deydi Miklyaev.



