Andrey Fyodorov: "Barcha raqiblar bizga qarshi faqatgina bir maqsadda o'ynamoqda"

Mirjalol Normatov
31 okt 2018, 21:56
Superliganing 28-turi doirasida "Metallurg"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Bunday o'yinlar har doim qiyin o'tadi. Bizga qarshi o'yinga tushadigan raqiblar har doim bir maqsad - ochko olish yo'lida harakat qilishmoqda. Shundan xursandmanki, jamoa to'xtab qolmadi. Futbolchilar 90 daqiqa mobaynida g'alaba, gol urish uchun harakat qilishdi. Raqibga qaraganda g'alabaga ko'proq intilganimiz uchun 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Oleg Zoteev :- O'yin oldidan biz raqib shunday qarshilik ko'rsatishini bilgandik, shu boisdan mas'uliyatni oshirdik. Shukurki, g'alabaga erishdik. 90 daqiqa davomida hujum qildik va shu boisdan ham g'alabaga loyiq edik.

Raqib jamoa darvozabonini alohida etirof etgan bo'lardim. U bir necha o'yinlardan buyon o'zini yaxshi tomondan ko'rsatmoqda.

"Lokomotiv" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonib, turnir jadvalidagi o'rnimizni saqlab qolishga harakat qilamiz., - deb yozadi klub matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz