Andres Inesta: "Ispaniyada chempionlik uchun kurash davom etadi"

Tolibjon Qosimov
20 mar 2017, 20:04
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta Ispaniya chempionati 28-turida "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alaba (4:2)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Butun o'yin davomida nazoratni ushlab turdik. Jamoa harakat qildi va ko'p gol urishi mumkin edi, lekin ulardan foydalana olmadik. Shuningdek, "Valensiya" darvozaboni ham bir necha marta jamoasini qutqarib qoldi. Bosh sovrin uchun kurash davom etadi, agar "Real"ni ortda qoldirish imkoni tug'ilsa, biz undan foydalanishimiz kerak", - deydi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Espana