Andrea Pirlo: "Agar yangi bosh murabbiy meni terma jamoaga taklif qilsa bajonidil qaytaman"

Aziz Tukhtamuradov
26 iyun 2014, 19:43
Andrea Pirlo yana terma jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

"Ayni paytda terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Lekin, yangi murabbiy meni taklif qilmoqchi bo'lsa men jon-jon deb uni taklifini qabul qilaman", - deydi Pirlo.

Eslatib o'tamiz, futbolchi JCHdan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida aytib o'tgan edi.

Pirlo 12 yil davomida Italiya terma jamoasi safida 112 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru