"Andijon": Toshkent yig'ini "Dinamo"ni mag'lub etish bilan tugadi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2015, 11:50
Bugun jamoamizning Toshkentda olib borgan o'quv-mashg'ulot yig'ini nihoyasiga etdi.

20 iyuldan 26 iyulgacha andijonliklar poytaxtda shug'ullandilar. Yig'inning so'nggi kunida jamoamiz “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi.
 
Dukentda bo'lib o'tgan bu uchrashuvda “Andijon” raqibini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ibrohim Otaxonov, Temur Vasilev va Anvar Berdiev samarqandliklar darvozasini ishg'ol etishdi.
 
“Andijon” tarkibi: Gennadiy Moshnyaga, Umrillo Ramozonov, Davron Tursunov, Javlon Guseynov, Iqbol Boboxonov, Ibrohim Otaxonov, Asqar Jadigerov, Rustam A'zamov, Temur Vasilev, Predrag Vuyovich, Anvar Berdiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Asqaraliev, Lochin Soliev, Iqbol Akramov, Shukur Jumaboev, Abdumalik Abdullaev, Tursunboy Xusanov, Xondamir Yuldashev.
Gollar: Otaxonov, Vasilev, Berdiev (penalti).

Ushbu o'yindan keyin Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam berdi. Endi jamoamiz tayyorgarlikni Andijonda davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz