"Andijon" bugun "Qo'qon-1912" bilan, ertaga "So'g'diyona" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2014, 15:41
Ayni damda Toshkentda yig'in o'tkazayotgan Andijon ko'rikda bo'lgan ayrim o'yinchilar bilan xayrlashgan.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Aziz Alijonov ("Neftchi"), Iqbol Akramov ("Olmaliq") hamda Feruz Boboqulov ("Buxoro") jamoa lagerini tark etgan.

Yig'inga birinchi liga ishtirokchisi "Oq-tepa"dan Nikita Sviridov qo'shilgani haqida ma'lumotlar bor.

Bugun "burgutlar" Krasnogorskda "Qo'qon-1912" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Ertaga Qibraydagi stadionda "So'g'diyona" bilan kuch sinashiladi. Har ikkala bahs ham soat 18:00ga belgilangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia