Andijonda 22ta futbol jamoasi ishtirokida viloyat hokimi Kubogi musobaqalari boshlandi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019, 11:22
13 fevral kuni Andijon viloyatida ommaviy sport oyligiga start berildi.

Viloyatning barcha shahar va tumanlarida shu munosabat bilan turli musobaqalar tashkil etilmoqda.  

Andijon shahri Sho'rbuloq dahasida joylashgan bolalar va o'smirlar futbol akademiyasida tuman va shaharlarning 17-28 yoshdagi futbolchilaridan tashkil topgan 22 jamoa o'rtasidagi “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, mazkur bir oy davomida o'tkaziladigan musobaqa o'yinlari davomida iqtidorli yosh futbolchilar orasidan yangi tashkil etiladigan “Andijon 2” jamoasini saralash tashabbusi bilan chiqdi.

Bundan  tashqari, turnir viloyat ikkinchi tabaqa jamoalarini shakllantirishga ham katta yordam beradi.

Musobaqada jamoalar 4 guruhga bo'lingan holda ishtirok etishadi, uning final o'yini hamda tantanali yopilish marosimi Navro'z bayrami kunlari 20 mart sanasiga rejalashtirilgan.


Elmurod Ermatov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia