"Andijon" yana bir Osiyo chempioni bilan shartnoma imzoladi

Khoja
18 fev 2026, 08:04
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Oldin xabar berganimizdek, jamoamiz selekciya jarayonida tajribali o'yinchilar bilan birga kelajagi porloq futbolchilarga ham e'tibor qaratmoqda. 

Yaqinda Antaliyadagi yig'inimizga qo'shilgan istedodli yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov rasman “Andijon” a'zosiga aylandi. U bilan mehnat shartnomasi imzolandi va yarim himoyachi jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Sayfiddin Sodiqov 2008-yilning 27-iyun sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U “Odil Junior” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 

Bungacha birinchi ligada “Ahmedov FK” jamoasida o'ynagan. Shuningdek, o'tgan yili O'zbekiston U-17 terma jamoamiz tarkibida Osiyo chempioni bo'ldi va jahon chempionatida qatnashdi", - deyiladi andijonliklar xabarida. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @andijonpfc