"Andijon" – "Turon" uchrashuvi Namanganda bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2021
Vodiy derbisi Namanganda o'tkaziladi.

O'zPFLning ma'lum qilishicha, Coca-Cola Superliga 13-turidan o'rin olgan “Andijon” - “Turon” o'yini projektor bilan bog'liq muammo sababli Andijonda o'tkazilmaydi.

"Andijon" futbol klubi mazkur turni nominal mezbon sifatida Namangandagi "Markaziy" stadionda o'tkazadi. Uchrashuv 31-iyul - shanba kuni 20:00 da start oladi.

Tomonlarning ikkinchi davradagi o'zaro o'yiniga reja bo'yicha Yaypan shahri mezbonlik qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ЎзПФЛ расмий канали