"Andijon" nazorat uchrashuvida 8:1 hisobida g'alaba qozondi. Shahboz Erkinovdan xet-trik!

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2024, 14:59
Oldin xabar berib o'tganimizdek, bugun “Andijon” Tojikistondagi qishki yig'ini doirasida dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini “Xo'jand”ga qarshi o'tkazdi.

Uchrashuv nihoyatda qiziqarli hamda gollarga boy tarzda o'tdi va unda "burgutlar" yirik 8:1 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.

Uchrashuvda tajribali hujumchi Shahboz Erkinov xet-trikka erishdi. Shuningdek, Islom Mamatkazin, Suhrob Berdiev, Farhod Bekmurotov, Ilhom Abdug'aniev va Levan Arvaladze ham o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати