

25-milliy chempionatimiz starti oldidan "Andijon" jamoasi o'z uy o'yinlari uchun mavsumiy chiptalarni sotuvga chiqarganini ma'lum qiladi. Bu yil jamoaning "Sog'lom avlod" stadionida kechadigan oliy liga o'yinlari va O'zbekiston Kubogi bahslarini har birini bevosita stadionda kuzatishni istagan muxlislarga mavsumiy chiptalarni harid qilishlarini tavsiya etamiz.
Mavsumiy chiptalar 6-7-8-10-11-12-22-23-24-26-27-28- sektorlar uchun chiqarildi. Uning bahosi esa 110 000 so'm etib belgilangan.
Murojaat uchun telefonlar:
(374) 226 07 27
(374) 226 70 47
"Andijon" matbuot xizmati





