Anchelotti: "Yuventus"ga qarshi bahs uchun tarkib tanlash - men uchun bosh og'rig'i"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 13:58
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Yuventus"ga qarshi bo'ladigan A Seriyaning ettinchi tur uchrashuvi uchun tarkib tanlash qiyin bo'lishini aytdi.

"To'g'risini aytsam, shanba kungi bahs uchun tarkib tanlash men uchun haqiqiy bosh og'rig'i, chunki "Parma" bilan o'ynagan futbolchilar asosiy tarkibga munosibligini isbotlashdi, "Torino" bilan maydonga tushganlar ham shunday.

Shahardagilarning futbolga bo'lgan mehri tufayli "Napoli"ni tanladim. O'zgarishlar kiritishga harakat qilyapmiz va hozircha bu foyda bermoqda" - deydi Anchelotti.

"Yuventus" va "Napoli" o'rtasidagi uchrashuv 29 sentyabr kuni turinliklarning uy arenasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia