Anchelotti: "Ronalduning yagona xatosi - uning "Yuventus"ga o'tgani"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2018, 10:51
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Krishtianuning kelishi A Seriya uchun ijobiy holat. Bu chempionat uzoq vaqt superyulduzlar ligasi bo'lgan: Maradona, Platini, Ziko, Zidan, Ronaldo, Shevchenko, Kaka, Ibragimovich. So'nggi 10 yil bunday bo'lmadi, ammo Ronaldu avvalgi holatni qaytaradi. U - professional. Krishtianuning yagona xatosi - uning "Yuventus"ga o'tgani" - deydi Anchelotti hazillashib.

"Napoli" "Yuventus"ning A Seriyadagi asosiy raqibi hisoblanadi. Turin klubi 25 ochko bilan birinchi o'rinni, neapolliklar esa 21 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Keyingi turda Karlo Anchelotti jamoasi "Roma"ni qabul qiladi. O'yin 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia