Anchelotti "Real"ning "Selta"ga qarshi o'yindagi kambeki haqida nimalar dedi?

Alisher
13 sen 2021, 11:00
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 4-tur doirasidagi "Selta"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Qaymoqranglilar" 5:2 hisobida yirik g'alabaga erishishdi, garchi dastlabki bo'limdan so'ng hisob 1:2 ko'rinishini olgan bo'lsa ham.

"Ishtirokimizni ideal deyish qiyin. Himoyada ikki qo'pol xatoga yo'l qo'ydik, ammo bizga muxlislar juda ham yordam berishdi. Hujumimizga kelsak, bu borada bizda aqlbovar qilmas imkoniyatlar bor. Ammo, himoyada ham yuqori darajada o'ynashimiz kerak. Balansga yetish kerak", - deydi italiyalik mutaxassis.

O'yinda Karim Benzema xet-trik qayd etdi. Qolgan gollarga Kamavinga va Vinisius mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS