

“Men bu yerda juda baxtliman va Germaniyada ko'proq qolmoqchiman. Shartnomam haqida gapiradigan bo'lsam, u 2019 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'ladi. Ammo hozir bu haqida o'ylayotganim yo'q. Bu yerda yaxshiroq ishlash lozimligini bilaman. Biz turnir jadvalining eng yuqori pog'onasida emasmiz, ammo tez orada o'sha pog'onada bo'lamiz.
Men tomon bo'layotgan har bir tanqidga javob berishim shart emas.Menga ko'pchilik o'z maslahatlarini berishga intilmoqda, vada beramanki, yil oxirida bu kabi insonlar uchun yaxshi bir bazm uyushtirib beraman”, deya 58 yoshli mutaxassisning so'zlarridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.


