Anchelotti Kurtuaning jarohati haqida batafsil ma'lumot berdi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2022, 17:17
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuaning jarohati haqida gapirdi.

"Kurtua tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng uning holati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lamiz. Uning jiddiy jarohati yo'q, ammo chorshanba kuni "Shaxtyor"ga qarshi o'ynay oladimi yoki yo'qmi, hozircha bilmaymiz", – dedi Anchelotti. 

30 yoshli Kurtua joriy mavsum "Real" safida 9 ta o'yinda maydonga tushdi va 6 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Xtra