Anchelotti Fergyussonga yetib oldi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2024
Kecha Yevropa chempionlar ligasi 4-turi doirasida "Real Madrid" - "Milan" (1:3) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur bahs Madrid klubi ustozi Karlo Anchelotti uchun evrokuboklardagi 214-o'yinga aylandi. Shu tariqa, italiyalik mutaxassis bu borada "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyusson bilan tenglashib oldi.

Evrokuboklarda eng ko'p o'yin o'tkazgan murabbiylar:
214 - Ser Aleks Fergyusson va Karlo Anchelotti
208 - Arsen Venger
179 - Xosep Gvardiola
155 - Joze Mourinyo
152 - Mircha Luchesku
111 - Rafael Benites
108 - Diego Simeone
104 - Yurgen Klopp
102 - Massimiliano Allegri
101 - Ottmar Xitcfeld va Lui Van Gaal




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: x.com/pedritonumeros