Anchelotti Benzemaning gol ura olmagan ikkita penaltisi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
21 apr 2022, 08:57
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Osasuna"ga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Juda yaxshi o'yin, ayniqsa ikkinchi taymda. Barcha chin yurakdan mehnat qildi. Endi Chempionlar ligasining yarim finaliga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun bir hafta bor. 

Karim penaltidan foydalana olmadi. Ammo to'p tepmagan odamgina xato qilmaydi. Agar yana penalti tepish kerak bo'lsa, u tepardi. Kelasi safar ham shundy bo'ladi. Agar 11 metrlik zarbadagi vaziyatni hisobga olmasak, Karim ajoyib o'yin o'tkazdi. 

Alabaning jarohati jiddiy emas. Unda bosim ko'payib ketdi, shuning uchun almashtirdik", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca