Anchelotti "Barsa"ga qarshi o'yin haqida: "Real" muxlisbop o'ynamadi, ammo aqlli. Tanqidlarni tushunaman"

Alisher
27 okt 2021, 09:25
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Osasuna"ga qarshi La Liga 11-tur oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Osasuna" qizg'in, yaxshi tepmda va sifatli himoyalanadigan yaxshi jamoa. 

Uning o'rni (6-o'rin) o'zi haqida ma'lumot berib turibdi. O'yin qiyin bo'lishi mumkin.

Klasikodan keyin tanqidlarni tushunaman. har bir odamning o'z qarashi bor. Biz unchalik muxlisbop o'yin ko'rsatmadik, ammo aqlli, aynan shuni jamoadan so'ragandim", - deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca