Ana xolos! Futbolchi uning o'rniga tushish kerak bo'lgan jamoadoshini jarohatladi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2019, 18:14
"Ester" hamda "Degerfors" o'rtasidagi Shvetsiyaning ikkinchi darajali chempionati bahsida kutilmagan voqea yuz berdi.

Ikkinchi bo'limda mehmonlar murabbiylar shtabi o'zgarish amalga oshirishga qaror qildi. Almashtirilishi kerak bo'lgan futbolchi jamoadoshiga beshni tashlayotib, tasodifan uning ko'ziga tegib ketdi. Maydonga tushgan o'yinchi bir necha qadam tashlaganidan so'ng ko'zidagi og'riq kuchli ekanligini his qilib, o'yinda ishtirok eta olmasligini bildirdi.

Natijada u almashtirildi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchilar o'yindan so'ng sodir bo'lgan voqeani eslab, rosa kulishgan ekan.

 TAS-IX

 


Ko'chirib olish: TELEGRAM

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com