Alonso "Real" bosh murabbiyi bo'lishga tayyor, faqat bitta shart bilan

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025, 16:07
Madridning "Real" klubi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonsoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Ispaniyaning "El Gol Digital" nashri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, mutaxassis "qirollik klubi"ni boshqarishga tayyor, biroq klub u bilan birga "farmacevtlar"ning germaniyalik yarim himoyachisi Florian Virc bilan ham shartnoma tuzishi lozim.

Florian Virc 204/25 yilgi mavsum klub miqyosida 39 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 140 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Gol Digital