Allegri: "Pol - kap-katta odam, u hali safga qaytadi"

Aslanov Jasurbek
15 may 2023, 20:25
Massimiliano Allegri Pol Pogbaning jarohati haqida fikr bildirdi.

Pogba "Kremoneze"ga qarshi A Seri bahsida jarohat oldi va 20 kunni o'tkazib yuboradi.

"Sevilya"ga qarshi uchrashuvdan so'ng uni asosiy tarkibda sinab ko'rishga qaror qildim, o'yinlar tempi farq qilardi. Raqib maydonida reja qilgan o'yinimiz uchun texnika kerak edi.

Afsuski Pogba jarohat oldi, chunki hammasi yaxshi ketayotgandi. U borini berdi, endi tiklanishiga to'g'ri keladi. Pol - kap-katta odam, u hali safga qaytadi. Uzoq muddatli jarohatdan so'ng uchrashuvni asosiy tarkibda boshlash - katta tavakkal. Uni kutamiz" - deydi "Yuventus" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal