Allegri "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan: "Spallettini qattiq hurmat qilaman"

Mirjalol Normatov
12 yanv 2023, 21:33
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Napoli"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Jamoam o'zini yaxshi his qilmoqda. 3 kun davomida yaxshi mehnat qildik, futbolchilarning jismoniy holati yomon emas.

Futbolda bir qoida bor: o'yin vaqtida qilgan ishlaringning ertasi kuni hech qanday ahamiyati bo'lmaydi. Biz yanada jipsroq bo'lishimiz va qattiq mehnat qilishimiz kerak. Oldimizda YCHLga qaytish maqsadi qo'yilgan

Yaxshi o'yin bo'ladi, muxlislarga to'la stadionda ajoyib futbol oqshomi. Biroq bu hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Bu bahs bizdan ko'ra "Napoli" uchun muhimroq. Ha, hozir shunday.

Ertaga liganing eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynaymiz, bu borada turnir jadvali barchasiga javob beradi. "Napoli" - ayni damda chempionat g'olibligi uchun asosiy da'vogar. Jamoa 44 ochko yig'di va bir marta mag'lub bo'ldi. Texnik va taktik tomonlama juda yaxshi tayyorlangan jamoa.

Spallettini qattiq hurmat qilaman, u zo'r murabbiy va qattiqqo'l rahbar. Uning ishi hurmatli darajada.

Ammo men ham murabbiyman. Ammo hayot shuni taqozo qildiki, ayni damda ishlarimiz ikki xil. Agarda gap faqatgina futbolda bo'lsa u hozir juda zo'r, eng yaxshisi", - dedi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal