Alisson MYUning sobiq darvozaboni natijasini takrorladi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2019
YCHLning final bahsida "Liverpul" ikki gol farqi evaziga "Tottenxem"ni mag'lub etdi.

"Squawka" xabariga ko'ra, mersisaydliklar posboni Alisson ushbu bahsda 8 seyv ijro etdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Shu orqali u YCHL finalida seyvlar ijro etish borasida "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Edvin van der Sarning natijasini takrorladi.

Gollandiyalik posboni 2010/11 yilgi mavsumda "Barselona"ga (1:3) qarshi bahsda 8 seyv ijro etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka