

- Bu yilgi mavsumda muxlislar Qizilqumdan chiroyli g'alabalar talab qilishmoqda, - deydi Alisher Yusupov. - Garchi, chempionatni yaxshi natijalar bilan boshlagan bo'lsak-da, oxirgi turda ularni xursand qila olmaganimizdan xijolatdamiz. To'g'ri, men kiritgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldik. Ammo bu natijadan jamoadoshlarim qoniqishmadi. Jarohatlardan keyin hali o'z o'yinimizni topa olmayapmiz.
Navbatdagi turda chempionat peshqadamlaridan biri - Bunyodkor jamoasi mehmoni bo'lamiz. Unda albatta muxlislarimizni quvontirish uchun bor mahoratimizni ishga solishga harakat qilamiz.
Qizilqum PFK Matbuot xizmati.



