Aleksis Sanches: “Braziliya – Chili o'yinidan oldin Neymar bilan kechki ovqatga garov bog'ladik”

19 noya 2013, 10:36
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Aleksis Sanches, Chili va Braziliya o'rtasida bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvidan oldin, klubdoshi Neymar bilan bitta kechki ovqatga garov bog'laganini tasdiqladi.

“Ha, bu haqiqat. Braziliya – Chili o'yinidan oldin Neymar bilan kechki ovqatga garov bog'ladik”, - deydi Sanches.

Eslatib o'tamiz, Braziliya – Chili bahsi 20 noyabr kuni bo'lib o'tadi.


Manba: sports.ru