

"Aleksis Sanches jarohat tufayli 10 yanvargacha safdan chiqdi" - deydi murabbiy.
Shunday qilib, chililik hujumchi Premer-liganing "Sautgempton" (26 dekabr), "Bornmut" (28 dekabr), "Nyukasl"ga (2 yanvar) qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi. Sanches Angliya Kubogining "Sanderlend"ga qarshi o'yinida (9 yanvar) ham ishtirok eta olmaydi.



