Aleksey Evstafeev: "Osiyo chempionati (U-22)ga qaysi jamoa borishini rahbariyat hal qiladi"

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2013, 10:38
Ma'lumki, 24 iyul kuni yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati (U-22) bahslariga qur'a tashlanadi.
Xabaringiz bor, bu musobaqa keyingi yilning yanvar oyida Ummonda bo'lib o'tadi. Ko'pchilik saytimizga bitta savol bilan murojaat qilmoqda: Ushbu turnirda bizdan qaysi yoshdagi jamoa ishtirok etadi: 1991 yillarda tug'ilgan futbolchilarmi yoki 1993 yilda tug'ilgan futbolchilarmi? 

Biz ushbu savolni Aleksey Evstafeevga berdik:

"Turnir o'z nomi bilan 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati. Demak, qoidaga ko'ra 1991-92 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz qatnashishi lozim. Ammo bizda hammasini rahbariyat hal qiladi. Shu bois men bir narsa deya olmayman. Agar 1993-94 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz yanvar oyida MDH Kubogiga boradigan bo'lsa, unda 1991-92larning Osiyo chempionatiga borishiga to'g'ri keladi. Shaxsan men uchun Osiyo birinchiligi MDH Kubogiga nisbatan ancha qiziqarli", - deydi Evstafeev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia