

"Uchrashuv yakunlangach qiziq bir holat yuz berdi. Muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovga maydondan chiqib kyetish chog'i "Metallurg" jamoasi boshlig'i Shavkat Saidov musht tushirdi. Xo'sh aslida vaziyat qanday yuz bergan edi? Biz bu borada Aleksandr Xomyakovga savol bilan yuzlanganimizda, murabbiy qisqa va lo'nda javob berdi.
"Umuman o'yin qiyin va bosim ostida o'tdi. O'yindan keyingi vaziyatni esa ortiqcha muhokama qilmoqchi emasman", - deydi Aleksandr Xomyakov.



