- “Oq-tepa” klubi rahbariyatiga, xususan, G'anisher aka Shog'ulomovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Aynan shu inson sababli murabbiylik faoliyatimni boshladim. Shu insonning ishonchi o'zimga bo'lgan ishonchni ortishiga xizmat qildi. Rostini aytaman, o'zbek futbolida millionlar o'yinining ashaddiy muxlisi bo'lgan bunday fidoyilar kam. Qisqasi, "Oq-tepa" jamoasi va uning rahbariyatidan butun umr minnatdorman! Bu yerda o'tgan hayotimni har doim eslab yuraman.
Iste'foga chiqishimga aynan bitta sababni keltira olmayman. Shunchaki, o'z xohishim bilan iste'foga chiqdim. Bunday holatlar dunyo futbolida uchrab turadi. Hozir amalga oshirgan ishlarimni tahlil qilmoqchiman. Klub rahbariyati bilan oramizda hech qanday tushunmovchilik yoki kelishmovchilik bo'lgani yo'q. G'anisher aka jamoada qolishimni ko'p marta so'radi. Futbolchilar ham ketishimga norozilik bildirishdi. Chunki jamoa oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Ammo men o'zim uchun so'nggi qarorni qabul qilib bo'lgandim.