Albeldaning fikricha, "Real" va "Barselona" jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozonayotgani yo'q

Aslanov Jasurbek
14 mar 2017, 11:29
"Valensiya" sobiq yarim himoyachisi David Albelda "Real" va "Barselona"ning joriy mavsumdagi o'yinini tahlil qildi.

Futbolchilari boshqalardan individual kuchli bo'lgani uchun "Real" g'alaba qozonmoqda. Jamoa uch yoki to'rt yarim himoyachi bilan o'ynayotgani ahamiyatga ega emas. "Real" va "Barselona" hozir bir xil vaziyatda. Ular yaxshi o'ynamay, katta qiyinchilik bilan g'alaba qozongan uchrashuvlar ko'p bo'ldi. Ammo bazida "Barselona" va "Deportivo" bahsidagidek omadsizliklar sodir bo'lmoqda" - deydi Albelda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cope