
Klub futbolchi bilan 2012/13 mavsumi yakunlanganidan keyin shartnomani uzaytirmasligini aytganidan so'ng, 35-yoshli Albelda Ispaniyada boshqa o'ynamasligini lekin boshqa xorij kleblaridan taklif tushgan taqdirda, ushbu taklifni o'ylab ko'rishini aytgan. Biroq tushgan takliflarning hech biri Albeldani qiziqtirmagan.
“Valensiya” klubining sobiq sardori, klub tarkibida 1996 yildan beri o'ynab keladi. Shu davr mobaynida 2 marotaba ijaraga “Vilyarreal” safida ham o'ynagan (1996 va 1998 yillar). Umumiy 15 mavsum davomida Albelda 481 ta o'yin o'tkazgan va 9 ta gol urishga erishgan.
Futbolchi jamoa bilan birgalikda 2004 yil Kubokni va UEFA Superkubokni yutgan. Shu bilan birgalikda u 2002 va 2004 yillarda Ispaniya chempioni bo'lgan. Ispaniya terma jamoasi safida Albelda 51 ta uchrashuvni o'tkazgan.