
Albelda "Valensiya"ning eng muvoffaqiyatli davrida, tarkibida juda ko'p yaxshi futbolchilar bo'lgan vaqtlarda jamoaga sardorlik qildi. Uning "Valensiya" bilan shartnomasi 30 iyunda o'z nihoyasiga etdi. Yangi murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda klub unga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qildi. O'tgan mavsumning so'nggi turlarigacha juda yaxshi o'yin namoyish qilganiga qaramay 36 yoshli futbolchi bilan klub ortiq hamkorlik qilishni istamadi.
Ispaniyaning ko'plab klublaridan takliflar bo'lgan bo'lmada, Albelda Ispaniyada o'zini "Valensiya"dan boshqa klubda ko'ra olmasligini aytdi. Xorijdan bo'lgan takliflar esa Albeldaga mos kelmadi.