Alba MYUga o'tishi mumkin, "Barsa" chap qanot himoyachisi izlashni boshlab yubordi

Mirjalol Normatov
10 sen 2018, 21:27
Yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasi vaqtida "Barselona" chap qanot himoyachisi sotib olishni rejalashtirmoqda.

"El Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "ko'k-anorraglilar" bosh murabbiyi jamoa rahbariyatiga Jordi Albaning ketishini va uning o'rniga boshqa futbolchi izlash kerakligini aytib o'tgan.

Agarda Alba jamoani tark etadigan bo'lsa, u "Manchester Yunayted"ga borib qo'shilishi mumkin. Oldinroq mankunianliklar futbolchiga qiziqishi borligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo