Al-Xelaifi: "PSJning maqsadi - Chempionlar Ligasi g'olibligi"
Aziz Tukhtamuradov
17 may 2015, 20:06
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelaifi jamoa Fransiya chempioni bo'lganidan so'ng yangi saviyaga chiqish vaqti yetib kelganligini aytib o'tdi.
"Loyihamiz o'sishda davom etmoqda. Men kelajakka ishonaman va umid qilamanki, biz YCHLda g'olib bo'la olamiz. Aynan shu maqsadda ish olib bormoqdamiz", - deydi Xelaifi.