

Azar bilan "Lill"da birga ishlagan "Al-Nassr" murabbiyi Rudi Garsiya "Real"ning belgiyalik xavbeki bilan bog'landi va uni kelasi yozda o'z jamoasiga jalb qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Al-Nassr" yaqinda Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzoladi. Klubning shuningdek Ngolo Kante va Serxio Ramosga qiziqayotgani aytilmoqda.



