"Al Nasr" Janubiy Amerikaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisini 15 million evro evaziga xarid qildi

Alisher
9 sen 2020, 13:11
Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi "Atlanta Yunayted" (MLS) yarim himoyachisi Gonsalo Martines bilan shartnoma imzoladi.

27 yoshli o'yinchi bilan tuzilgan shartnoma 4 yilga mo'ljallangan. Ispan nashrining xabariga ko'ra, transfer narxi 15,2 million evroni tashkil etdi.

Martines MLS'ga qadar "River Pleyt"da to'p tepgan. U 2018 yilda Libertadores Kubogida g'olib chiqqan va finalda "Boka Xuniors" (3:1) darvozasiga gol urgan va shundan so'ng eng yaxshi o'yinchi deb topilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Martines 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasi sharafini himoya qiladi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AlNassrFC_EN