

Saudiya jamoasi "Anderlext" himoyachisi Yan-Karlo Simichni sotib oldi. Ushbu transfer orqali Belgiya jamoasi 21 million evro ishlab oldi. 20 yoshli futbolchining o'zi esa yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, "Anderlext" Yan-Karlo Simichni o'tgan yili "Milan"dan 2,75 million evroga sotib olgan.



