"Al Hilol" - AGMK uchrashuvidan oldingi qiziqarli faktlar

Narzulla Saydullayev
13 apr 2021, 16:08
15 aprel kuni OCHL guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Al Hilol" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

OFK mazkur bahsdan oldin qiziqarli faktlarni taqdim etdi.

- "Al Hilol" OCHLda 17-marta o'ynamoqda, bu mutloq rekord hisoblanadi. Klub ketma-ket 13-yil ushbu musobaqada qatnashadi.

- Bu AGMK uchun OCHL guruh bosqichidagi ilk uchrashuv bo'ladi. Ular musobaqaning guruh bosqichida qatnashadigan O'zbekistonning 7-jamoasidir.

- Saudiya Arabistoni jamoalari OCHLda O'zbekiston klublari bilan 62 marta to'qnash kelishgan. 33 o'yinda Saudiya Arabistoni klublari, 12ta bahsda O'zbekiston klublari g'olib bo'lgan. 17ta o'yinda durang kuzatilgan.

- "Al Hilol" OCHL guruh bosqichida O'zbekiston jamoalariga qarshi so'nggi 12 o'yinning faqat bittasida (8 g'alaba va 3 durang) mag'lub bo'lgan.

- 2019 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi boshidan buyon hech qaysi futbolchi "Al Hilol" hujumchisi Bafetimbi Gomisdan ko'proq ("Al-Nassr" hujumchisi Hamdallah bilan teng) gol urmagan - 11ta.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - AGMK uchrashuvi 15 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia