Akmal Tursunboev: "Yig'in menda yaxshi taassurot qoldirdi"

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2015, 11:50
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 11-16 iyul kunlari Toshkentda yig'in o'tkazdi.

Kecha jamoa "Paxtakor"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu o'yin tugagach olimpiyachilarimiz posboni Akmal Tursunboevning yig'in haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Bu yig'in yangi murabbiylar qo'l ostidagi dastlabki yig'in bo'ldi. Unda ko'plab yangi futbolchilar ishtirok etishdi. Barcha yigitlar bor kuchlari bilan mashg'ulotlarda ishlashdi va asosiy tarkibga loyiq ekanliklarini isbotlashga urinishdi. Ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. "Mashal"ni yirik hisobda mag'lub etdik, "Paxtakor"ga esa yutqazib qo'ydik. Toshkent klubiga qarshi o'yin qiyinroq o'tdi. Har ikkala bahsda ham murabbiylar ko'plab futbolchilarni sinab ko'rishdi. Bir so'z bilan aytganda yig'in menda yaxshi taassurot qoldirdi, - deydi Akmal Tursunboev.


Narzulla Saydullaev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia