Akmal Saitqulov: "Sho'rtan" guruh bosqichidan chiqishni maqsad qilgan"

Sherzod Nurmatov
26 apr 2021, 21:34
O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Sho'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Akmal Saitqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi uchrashuv "Qizilqum" jamoasining ustunligi ostida o'tdi. Jamoamiz tarkibi yosh, bundan tashqari, zaxiramizda futbolchilar yo'q. Shundan kelib chiqib, bugun ko'proq himoyaviy o'yin namoyish etdik. Yigitlar qo'lidan kelganicha harakat qilishdi. Ularga bugungi o'yin uchun rahmat aytaman. "Qizilqum" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman!", – dedi murabbiy.

- "Sho'rtan" Pro-ligada va kubok uchrashuvlarida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Jamoamizni tezroq Pro-liganing xavfli xududidan o'rta pog'onalarga olib chiqishni maqsad qilganmiz. Hozirda bizning oldimizga kubok uchrashuvlarida guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Keyingi turda uy maydonimizda "Xorazm"ni qabul qilamiz, nasib bo'lsa, g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqamiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia