Agueroning otasi Gvardiolani qattiq tanqid qildi

Eldor Akmurzayev
3 iyun 2021, 21:00
Serio Agueroning otasi Lionel “Man Siti” ustozi Pep Gvardiola haqida gapirdi.

Gvardiola APL oxirgi turidan keyin intervyu vaqtida argentinalik forvard ketayotgani haqida gapirayotgan vaqtida yig'lab yuborgandi.

“Uning ko'z-yoshlariga ishonmayman. U necha marta o'g'lim bilan samimiy munosabatda bo'lgan? Bunaqasi bo'lmagan. U hech qachon Serxioga to'g'ri munosabatda bo'lmagan. Gvardiola hamma joyda futbolchilardan ko'ra, o'zini ustun qo'yishni yaxshi ko'radi. U qo'lqop kabi futbolchilarni almashtiradi, doimiy ravishda tarkibni o'zgartirib turadi, o'yinchilarni noqulay holatlarga qo'yadi.

Serxio nega ketdi? Chunki, unga to'g'ridan-to'g'ri klubdagi davri tugaganini aytishgan”, deydi katta Aguero.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Red