

"Xolandning kuchi, atlet qobiliyati va o'ziga xos instinkti bor, bu unga gol urishga yordam beradi va uni juda xavf futbolchiga aylantiradi. Unda ajoyib statistika ko'rsatishda davom etish uchun hamma narsa bor, chunki u o'ta hujumkor jamoada o'ynaydi. Erling "Manchester Siti"da u gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ladi. Xoland yosh va rekordlarni yangilash uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Buning kaliti, albatta, barqaror o'yin namoyish etish sanaladi", - dedi Aguero.
"Manchester Siti" seshanba kuni "Kopengagen" bilan durang o'ynadi - 0:0. Erling Xoland ushbu bahsda maydonga tushmadi.



