Aguero: "Independente" uchun "Manchester Siti"ni tark etaman"

Aslanov Jasurbek
10 mar 2016
Argentina terma jamoasi va "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Agueroning takidlashicha, u 2018 yildagi jahon chempionatidan so'ng faoliyatini "Independente"da yakunlamoqchi.

"So'nggi bir necha oy yangi shartnoma bo'yicha ko'plab ma'lumotlarni eshitdim, ammo bu haqida o'ylayotganim yo'q. Men uchun bir narsa aniq - shartnomam yakunlanganida, Rossiyadagi JCH-2018dan so'ng, "Independente"ga qaytaman. "Manchester Siti"dagilar doimo men bilan yaxshi munosabatda bo'lgan, agar boshqa klubga o'tishni istasam jamoa menga qarshilik qilmaydi. Yevropada qaerga o'tishim mumkin? Hech qaerga. Shartnomam yakunlansa, Argentinaga yo'l olaman" - deydi Aguero.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Independient en la Uno