Aguero gol urdi, Gvardiola bilan tortishdi, so'ng yarashdi, keyin esa hayron bo'ldi

Eldor Akmurzayev
17 avg 2019, 23:55
Angliya chempionatining 2-tur markaziy bahsida Manchester Siti klubi Tottenxemga qarshi to'qnash kelib, jangovar durang (2:2) o'ynadi.

Bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'ygan shaharliklar forvardi Serxio Aguero 66 daqiqada zaxiraga olindi va uning o'rniga Gabriel Jezus tushirildi. Ushbu vaziyatda Aguero jamoa ustozi Pep Gvardiolaning qaroridan noroziligini bildirib, tortishdi. 

Keyin esa o'yinning oxirgi daqiqalarida Jezusning golidan so'ng, argentinalik hujumchi Gvardiola bilan yarashib oldi. 

Biroq, Jezusning goli VAR orqali qayta ko'rilganidan so'ng, bekor qilindi va bosh hakamning bu qarori Sitining boshqa a'zolari kabi Agueroni ham hayron qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia