

Yaqinda CAFA Nations Cup musobaqasida g'olib chiqqan mutaxassis Angliyada APL uchrashuvlari, xususan, "Manchester Siti"ning bir qator uchrashuvlarini stadionda tomosha qildi.
44 yoshli murabbiy bugun "Manchester Siti" qarorgohida bo'lib, jamoa mashg'ulotlarini kuzatib bordi va "shaharliklar" futbolchilari bilan yaqindan tanishdi.





Eslatib o'tamiz, Kapadzening milliy jamoa boshqaruvidagi keyingi faoliyati hamon noma'lumligicha qolmoqda. Bugun "Eshitdik-da" rukni ostida O'FA "Oltin to'p" sohibi bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida xabar chop etilgandi.



